Mahalliy

QASHQADARYO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIGʻINING MUROJAATI

Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi, bo‘lim boshliqlari va ishchi xodimlari!

Ma’lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish va ushbu jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali va ta’sirchan yo‘li bu – faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik, va shaffoflikni ta’minlash ekanligi ayon bo‘lmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida ham ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda:

Hududiy boshqarmada Korrupsiyaga qarshi kurashish, kompleans nazoratini amalga oshirish faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

2. Korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun barcha turdagi aloqa kanallarining («Ishonch telefoni», rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalar) uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

3. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, ijroga qaratildi;

4. Tizimdagi barcha xaridlar «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, davlat xaridlarining maxsus elektron portali orqali amalga oshirilmoqda.

5. Tizimda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy jamoatchilik nazorati o‘rnatildi. Bunda, davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishlar to‘g‘risidagi tafsilotlar, raqamlar, hisobot va ma’lumotlar muntazam ravishda OAVda yoritib kelinmoqda;

6. Xodimlarni ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora hamda shaffof tanlov asosida tashkil etildi;

Ishonchim komilki, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi, hamda tizimdagi barcha ishchi va rahbar xodimlar, kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan chora-tadbirlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha shaxsan namuna bo‘lishadi.

Hurmat ila, Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig’i Ubaydulla ORIPOV.

Skip to content