
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR KARVONI Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli maktablar uchun
G’uzor tumanidagi 6 ta maktabning 140 dan ortiq jihozlari yangilandi.
G’uzor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 6 ta maktabga jami 96 ta kompyuter jamlanmasi, 6 donadan printer, konditsioner, stabilizator, proyektor, interaktiv doska va boshqalar topshirildi.
Bo‘lim boshlig‘i Ashur Tilavov yuqoridagilarni maktab direktorlariga topshirarkan, taʼlimga berilayotgan keng ko‘lamli eʼtiborni alohida taʼkidlab, galdagi vazifalarni sifatli bajarish, taʼlimga eʼtiborni oqlash muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.

