
Tuman hokimi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasida ijtimoiy soha obyektida bo‘ldi
G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov hokim o‘rinbosarlari ishtirokida 2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga bevosita masʼul bo‘lgan tashkilotlarni o‘rganish ishlarini olib borgan edi.
Tuman hokimining bu galgi o‘rganish manzili tumandagi 75-sonli maktab bo‘lib, kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir zaxirasi va isitish tizimining shay holatda ekanligi ko‘zdan kechirildi.
Bu kabi o‘rganish ishlari tumandagi barcha ijtimoiy soha obyektlarida davom etadi.

