
G‘uzordagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi yangilash ishlari boshlandi
G‘uzordagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi yangilash ishlari boshlandi
Tumanda 2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Xususan, “Paxtazor” mahallasida joylashgan 52-sonli maktabning isitish qozoni tabiiy gazga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘tgan yilgi anomal sovuqda yaroqsiz holatga kelib qolgandi.
Maktab maʼmuriyatining tuman hokimligiga qilgan murojaatiga ko‘ra, ko‘mir yoqilg‘isiga mo‘ljallangan yangi isitish qozoniga almashtirildi.
Maʼlumot uchun, shu kabi ijtimoiy soha obyektlarining yaroqsiz holati o‘rganilib, bosqichma-bosqich taʼmirlash va yangisiga almashtirish ishlari olib boriladi.

