-
TAYYORLANAYOTGAN VIDEODARSLARDA PISA TOPSHIRIQLARI HAM OʻRIN OLGAN
Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida mamlakatimiz 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturining reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu boisdan ham xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada oʻqituvchilar malakasi hamda oʻquvchilarning funksional savodxonligini oshirish, ularning PISA xalqaro baholash dasturi doirasidagi topshiriqlarning turlari, mazmun-mohiyatini bajarish usullari bilan tanishtirish hamda dars jarayoniga integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Xalq taʼlimi vazirligi va milliy teleradiokompaniya tarkibidagi telekanallar hamkorligida videodarslar suratga olinmoqda. 7-8-sinflar uchun algebra, geometriya, fizika, kimyo, biologiya, geografiya fanlari yuzasidan tayyorlanayotgan videodarslarning barchasida oʻquvchilar savodxonligini…
-
OʻQITUVCHILARGA HAQ TOʻLANADIGAN TAʼTIL BERILISHI KERAK
OAVda Toshkent maktablaridagi oʻqituvchilardan oilaviy sharoitiga koʻra oʻz hisobidan ikki hafta taʼtil olish uchun ariza yozishi talab etilgani toʻgʻrisida maqola eʼlon qilindi.Maqolada aytilishicha, bunday arizalarni olish toʻgʻrisida 16-mart kuni buyruq olingan. 2020-yilning 15-mart kuni Xalq taʼlimi vazirligi soha xodimlarining amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdan tashqari taʼtilga chiqishi toʻgʻrisida rasmiy bayonot berdi.Bayonotda xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat taʼtilining bir qismini olishi mumkinligi taʼkidlandi. Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridahaq toʻlanadigan taʼtil berishga oid talablar belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi).Agar ushbu talablar bajarilmasa, xodimlarga qonunchilikka muvofiq ish haqi toʻlanmaydigan taʼtilga chiqish taklif qilindi. Shuningdek, 2020-yil 17-martda boʻlib oʻtgan brifingda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov hukumat komissiyasining qaroriga binoan 18-martdan boshlab, barcha oʻqituvchilarga…
-
AOKA HUZURIDA TASHKIL ETILGAN SHTABDA XTV MATBUOT KOTIBI ANVAR UMAROV ISHTIROKIDA BRIFING
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar! Eʼlon qilingan karantin rejimi hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun berilgan taʼtil davrida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatiga oid savol va murojaatlar kelmoqda. Bugungi kungacha kelib tushgan murojaatlarga quyidagicha javob beramiz. 1-savol: Oʻqituvchilarning attestatsiyadan oʻtishi onlayn boʻlib oʻtadimi? Javob: Respublika Maxsus komissiyasining 2020-yil 15-martda oʻtkazilgan yigʻilish bayoni hamda 23-mart kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, odamlar toʻplanishi mumkin boʻlgan barcha tadbirlar toʻxtatilgan, jumladanpedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari ham qoldirildi. Attestatsiya jarayonlari onlayn shaklda oʻtkazilmaydi. Pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari qachon oʻtkazilishi haqida Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan holdaqoʻshimcha xabar beriladi. Hurmatli…
-
MAMLAKATIMIZ OʻQUVCHILARI PIRLS – 2021 XALQARO BAHOLASH DASTURIDA ISHTIROK ETADI
2021-yilda oʻtkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf oʻquvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi. Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda oʻtkazilgan boʻlib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Har besh yilda oʻtkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmasini xalqaro darajada baholaydi. Mazkur dastur 4-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholaydigan TIMSS dasturini toʻldirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro markazi, IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi. Oʻquvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha oʻquvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan oʻquvchilardan obyektiv testlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar, hattoki ota-onalardan soʻrovnomalar oʻtkazilib, taʼlim…
-
VIDEODARSLAR BOʻYICHA MUROJAAT
Aziz oʻquvchilar, hurmatli ota-onalar! Qadrli pedagoglar! Dushanba, 30-mart, kunidan boshlab har kuni coat 8:30dan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan darslarimiz 3 ta kanal orqali namoyish etiladi (1-4, 5-8, 9-11 sinflar uchun bittadan kanal). Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish boʻyicha kuchaytirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda, farzandlarimizning uyda boʻlishiga qaramay, ularning 4-chorak oʻqishlarini televideniye va internet orqali boshlashimiz kerak. Karantin davrida farzandlarimiz oʻqishini davom ettirishi uchun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 100 dan ortiq fidoiy pedagoglar ishtirokida televizion darslar tasvirga olindi. Ular orasida davlat mukofoti sohiblari, darslik mualliflari, yilning eng yaxshi fan oʻqituvchilari ham koʻpchilikni tashkil etadi. Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan barcha pedagoglarimizga, Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati hamda ijodiy jamoasiga…
-
TELEVIZION DARSLAR NAMOYISHI BOʻYICHA XTV AXBOROTI
Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30-mart kunidan boshlab uchta telekanalda televizion darslar namoyish etishni boshlaydi. Uzdigital TV MCHJ abonentlari 1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida, 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11 sinflari uchun esa “Oxota va rыbalka” kanalida tamosha qilishlari mumkin. Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar oʻrniga namoyish etilishi mumkin. Shuningdek, videodarslar yer sunʼiy yoʻldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida oʻrnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qoʻshimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi. Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin. Xalq…
-
9210 TA TAʼLIM MUASSASASI DEZINFEKSIYA QILINDI
Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida joylarda mutaxassislar tomonidan dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilayotgani toʻgʻrisida xabar bergan edik. Karantin eʼlon qilingan kundan boshlab, bugungi kunga qadar respublikamizdagi 91,5%, yaʼni 9210 ta xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Andijon, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida barcha taʼlim muassasalari toʻliq dezinfeksiya qilindi. Ayni vaqtda tegishli mutaxassislar tomonidan barcha taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich dezinfeksiyalash ishlari davom ettirilmoqda.