-
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Telegram kanalida (@shshermatov) propiska rejimi haqida fikr bildirdi.
«6 mingdan ortiq pedagog xodimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskadan o‘ta olmay yillar davomida qiynalib kelishardi. Ushbu Farmon ularning oilalariga xursandchilik olib kelishi aniq. To‘g‘risi, o‘zim Toshkentda tug‘ilib o‘sganim uchun propiska degan masalaga avval unchalik e’tibor qilmasdim. Lekin, Xalq ta’limi vazirligiga o‘tgandan keyin propiska bo‘yicha yuzlab murojaatlarni ko‘rib, biroq rahbar sifatida ularga yordam bera olmaslikni boshdan o‘tkazgandan keyin, bu masala ushbu soha xodimlari uchun qanchalik zarur ekanini his qilishga to‘g‘ri kelgan edi. Maktablardagi oyliklar yillar davomida past bo‘lgani sababli toshkentliklar orasida maktabga ishga kirib ishlashni xohlovchilar ham unchalik ko‘p bo‘lmagan. Bunday sharoitda ishlash uchun esa ko‘pgina maktablar boshqa hududlardan kelgan xodimlarnigina ishga taklif qila olgan. Lekin, shu og‘ir mehnatiga…
-
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun yangi modda bilan to‘ldirilmoqda
Unda pedagogik xodimlarning kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasida ekanligini, shuningdek, pedagogik xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga hamda xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligini belgilash nazarda tutilmoqda. Parlament quyi palatasida o‘tkazilgan navbatdagi majlisda deputatlar ta’lim-tarbiya sohasiga taalluqli qonun loyihasini ham muhokama qildilar. Ta’kidlab o‘tilganidek, ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi mazkur hujjatni ikkinchi o‘qishga tayyorlashda siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar, shu bilan birga, soha, mutaxassislari, olimlar fikrlari, takliflari o‘rganildi. Ushbu qonun loyihasi bilan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida javobgarlik nazarda tutilmoqda. Xususan, mazkur moddaning birinchi qismida jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan…