-
HALQARO HAMKORLIK 🔻G’uzorlik ustoz Janubiy Koreyada malaka oshirdi.
HALQARO HAMKORLIK 🔻G’uzorlik ustoz Janubiy Koreyada malaka oshirdi. ✅ Janubiy Koreya Respublikasi Seul taʼlim departamenti bilan hamkorlikda xalqaro tajribani oʻrganish, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan «KLIC Training Program» loyihasida har bir hududda yuqori ball bilan toifa sertifikatiga ega boʻlgan Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilaridan 14 nafar oʻqituvchi va 1 nafar kordinator jami 15 nafar ustozlar qatnashdi. ⚡️Ular Koreyada 10 kun davomida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashib, Koreyaning umumtaʼlim maktablari faoliyati va taʼlim jarayonlarini o‘rganib qaytishdi ✅ Qashqadaryo viloyatidan vakil sifatida G’uzor tumanidagi U.Uvatov nomli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi oliy toifali informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi Mavlonov Azamat Abdurahmonovich tanlangan bo’lib, joriy yilning 20-mayidan 30-mayigacha…
-
⚡️Hududlarda AKTga oid ilg’or o’qitish metodikalarini ommalashtirish bo‘yicha o’quv-amaliy treninglarga start berildi
📃Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududiy IT markazlari hamkorligida AKT savodxonligining o’qitish metodikalarini ommalashtirishga oid treninglari start oldi. ▶️Trening rejasiga muvofiq har bir hudduddan kamida 15 nafar informatika fani o’qituvchisi jalb qilinishi va o‘z bilim-ko‘nikmalarini metodik jihatdan rivojlantirilishi maqsad qilingan. ▶️Treninglar barcha tuman (shahar) larda 8-apreldan, 20-aprel kunlariga qadar o’tkazilishi belgilangan. https://t.me/guzartxtb
-
Ota-onalar va o’quvchilar diqqatiga! Aprel oyida ENTRY dasturlash va ROBOTOTEXNIKA kursimizga ro’yxatga olish boshlandi!
🖥 U.Uvatov nomli 1-maktab binosida siz zamonaviy IT sohasidan biri bo’lgan ENTRY dasturlash va ROBOTOTEXNIKA kurslarda o’qish imkoniyatingiz bor. 🔹 Aprel oyidagi kursimizga 5-9 sinflarni qabul qilamiz 🔹 Kursimiz qatnashuvchilarining 50%i qizlar bo’lishi ko’zda tutilmoqda 🔹Kursimiz a’zolari darsliklar bilan ta’minlanadi 🔹Darslarimiz davomiyligi 1.5 soatdan 2 soatgacha 🔹Imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda farzandingiz darslarini facebook tarmog’ida kuzatib borasiz ❗️Shoshiling❗️ Joylar cheklangan. Ro’yxatdan o’tishni boshlang❗️ 👨🏫ENTRY dasturlash va ROBOTOTEXNIKA kursimizni 12 yillik ish tajribaga ega oliy toifali o’qituvchi Mavlonov Azamat olib boradi. 📲 Murojaat uchun telefon raqamlar: +99891-450-94-54 (Mavlonov Azamat) 💻Telegram: @mavlanov_azamat_guzar1 https://t.me/guzartxtb
-
G‘uzordagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi yangilash ishlari boshlandi
G‘uzordagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi yangilash ishlari boshlandi Tumanda 2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida amaliy ishlar boshlab yuborildi. Xususan, “Paxtazor” mahallasida joylashgan 52-sonli maktabning isitish qozoni tabiiy gazga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘tgan yilgi anomal sovuqda yaroqsiz holatga kelib qolgandi. Maktab maʼmuriyatining tuman hokimligiga qilgan murojaatiga ko‘ra, ko‘mir yoqilg‘isiga mo‘ljallangan yangi isitish qozoniga almashtirildi. Maʼlumot uchun, shu kabi ijtimoiy soha obyektlarining yaroqsiz holati o‘rganilib, bosqichma-bosqich taʼmirlash va yangisiga almashtirish ishlari olib boriladi.
-
Tuman hokimi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasida ijtimoiy soha obyektida bo‘ldi
G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov hokim o‘rinbosarlari ishtirokida 2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga bevosita masʼul bo‘lgan tashkilotlarni o‘rganish ishlarini olib borgan edi. Tuman hokimining bu galgi o‘rganish manzili tumandagi 75-sonli maktab bo‘lib, kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir zaxirasi va isitish tizimining shay holatda ekanligi ko‘zdan kechirildi. Bu kabi o‘rganish ishlari tumandagi barcha ijtimoiy soha obyektlarida davom etadi.
-
QASHQADARYO YANGI O’QUV YILI UCHUN KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ORTILGAN KARVON UMUMTA’LIM MAKTABLARI BO‘YLAB YO‘L OLDI
🔹Umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish – ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yildan boshlab umumta’lim maktablarini Kompyuter texnikasi bilan ta’minlash belgilangan.
-
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR KARVONI Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli maktablar uchun
G’uzor tumanidagi 6 ta maktabning 140 dan ortiq jihozlari yangilandi. G’uzor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 6 ta maktabga jami 96 ta kompyuter jamlanmasi, 6 donadan printer, konditsioner, stabilizator, proyektor, interaktiv doska va boshqalar topshirildi. Bo‘lim boshlig‘i Ashur Tilavov yuqoridagilarni maktab direktorlariga topshirarkan, taʼlimga berilayotgan keng ko‘lamli eʼtiborni alohida taʼkidlab, galdagi vazifalarni sifatli bajarish, taʼlimga eʼtiborni oqlash muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.
-
G’uzor tumanidagi maktablarning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga seminar-trening. (Coursera – bu global onlayn ta’lim platformasi)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyuldagi 12/1-2190-sonli topshirig‘iga muvofiq 2023-2025-yillarda «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali Coursera platformasining bepul va professional kurslarida o‘quvchi-yoshlarni o‘qitish, shu bilan birgalikda, o‘quvchi yoshlar va o‘qituvchilarimizni ushbu o‘quv kurslaridan xabardor qilish maqsadida Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan G’uzor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 2023-yil 12-iyul kuni G’uzor tumanidagi maktablarning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening ishtirokchilariga Google Sheets jadvallari bilan ishlash to‘g‘risida ham tushunchalar berib o‘tildi.
-
Qashqadaryo viloyati BABM ning «YOZGI TA’TIL» davrida «BARKAMOLNING BAG’RI KENG-TA’TILDA BIRGA BO’LING» oyligi
Qashqadaryo viloyati BABM ning «YOZGI TA’TIL» davrida «BARKAMOLNING BAG’RI KENG-TA’TILDA BIRGA BO’LING» oyligi davom etmoqda. «GILAMLAR TARIX POYONDOZI» korik tanlovinig viloyat bosqichi o’tkazildi. Ko’rik-tanlovda faol ishtirok etgan o’quvchi yoshlarni Mirishkor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Diplom”lari bilan taqdirlandi!!! 📝Ko’rik-tanlov natijasiga köra 🥇Mirishkor tuman 🥈Ko’kdala tuman 🥉Kasbi tuman
-
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i tomonidan bir guruh ingliz tili o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv
Viloyatdagi chet tili ustozlarining til bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlari salmog’i sezilarli darajada oshmoqda 🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori doirasida viloyatdagi chet tili ustozlarining xalqaro va milliy sertifikatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari ortib bormoqda. 🌐Kuni kecha, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bir guruh ingliz tili o‘qituvchilari ishtirokida Cambridge Assessment English tashkilotining xalqaro TKT imtihoni sertifikatlarini topshirish marosimi tashkil etildi. Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripov qatnashib, o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Keyingi yillarda o‘qituvchi-padagoglar uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar va imtiyozlar, istiqboldagi reja hamda maqsadlar haqida alohida suhbat olib borildi.