-
QASHQADARYO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIGʻINING MUROJAATI
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi, bo‘lim boshliqlari va ishchi xodimlari! Ma’lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish va ushbu jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali va ta’sirchan yo‘li bu – faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik, va shaffoflikni ta’minlash ekanligi ayon bo‘lmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida ham ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda: Hududiy boshqarmada Korrupsiyaga qarshi kurashish, kompleans nazoratini amalga oshirish faoliyati yo‘lga qo‘yildi; 2. Korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun barcha turdagi aloqa kanallarining («Ishonch telefoni», rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalar) uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yildi;…
-
Talim.uz platformasi orqali dars mashg’ulotlarini tashkil etish
G’uzor tumani 48-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika va informatika fani o’qituvchisi Xolmurotov Baxrom Erkinovichni 10.05.2023 yil matematika fanidan 11-sinfga GEOMETRIYA fanidan Talim.uz platformasi orqali o’tilgan ochiq darsi foto lavhalari.
-
ntr.avloniy.uz “O‘qituvchilarning milliy kadrlar zaxirasi” elektron portalida ro’yxatdan shakillantirish.
G’uzor tumani 34-umumiy o’rta ta’lim maktabida ntr.avloniy.uz “O‘qituvchilarning milliy kadrlar zaxirasi” elektron portalida ro’yxatdan o’tish va undan foydalanish bo’yicha seminardan foto lavhalar.
-
Axborot texnologiya hamda IT sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda
💻Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, UNICEF tashkiloti va Kitob tuman «Iqtidor IT» Academiyasi bilan hamkorlikda viloyatdagi informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari uchun «Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilarini dasturlash va robototexnika ko’nikmalarini shakllantirish» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qetildi. Bugun seminarning 3-kuni davom etmoqda. Unda UNICEF tashkiloti a’zolari informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilarga robototexnika ko’nikmalarini shakllantirishda o’z hissalarini qo’shishadi.
-
25-iyun kuni Robotatexnika bo’yicha musobaqa o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
○ Foydali ish bajaruvchi robotlar; 25-iyun kuni Robotatexnika bo’yicha musobaqa o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tadbirda 9 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar qatnashish mumkin. ○ Robo SUMO ○ Robotning Intellekt darajasini namoyish qilish; ○ Robo Futbol ○ Line track “Lego” tipidagi tayyor konstruktorlardan yigʻilgan robotlar yuqoridagi musobaqalarda qatnashishi mumkin emas.
-
📈Viloyatdagi chet tili ustozlarining til bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlari salmog’i sezilarli darajada oshmoqda
Viloyatdagi chet tili ustozlarining til bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlari salmog’i sezilarli darajada oshmoqda 🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori doirasida viloyatdagi chet tili ustozlarining xalqaro va milliy sertifikatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari ortib bormoqda. 🌐Kuni kecha, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bir guruh ingliz tili o‘qituvchilari ishtirokida Cambridge Assessment English tashkilotining xalqaro TKT imtihoni sertifikatlarini topshirish marosimi tashkil etildi. Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripov qatnashib, o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Keyingi yillarda o‘qituvchi-padagoglar uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar va imtiyozlar, istiqboldagi reja hamda maqsadlar haqida alohida suhbat olib borildi.
-
«Kamalak» sardori Olmos Mahmudov
G’uzor tumani 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-sinf oʻquvchisi O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi «Kamalak» sardori Olmos Mahmudov Shavkatovich joriy yilni 12-iyul kuni SHHTga aʼzo davlatlar oʻsmirlari oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik va doʻstlikni yanada mustahkamlash, goʻzal kelajakni birgalikda yaratish maqsadida «Yozgi oromgoh» va SHHTga aʼzo davlatlarlarning yosh jurnalistlari uchun 14-26-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan tadbirga qatnashish uchun Xitoy davlatiga joʻnab ketdi. Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi viloyat «Kamalak» sardori Olmos Mahmudovni faoliyatiga omad, zafarlar tilaydi.
-
«Vatan tarixi» kitobining qayta tayyorlangan nashri chop etildi.
“Sharq” nashriyot–matbaa aksiyadorlik kompaniyasida R.Shamsutdinov, Sh.Karimov va S.Hoshimovlar muallifligida yozilgan “Vatan tarixi” kitobining qayta tayyorlangan nashri chop etildi. Mazkur kitob Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan universitetlar, pedagogika institutlari tarix fakultetlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanmasi sifatida tavsiya etilgan. O‘quv qo‘llanmasi ikki kitobdan iborat bo‘lib, uning birinchi kitobida o‘zbek xalqi tarixining eng qadimgi davrlaridan to XVI asrgacha bo‘lgan davri tarixi bayon etilgan. Ikkinchi kitob esa vatanimizning XVI asrdan to XX asrning boshlariga qadar bo‘lgan davrdagi tarixini aks ettirgan. Birinchi kitob (qayta tayyorlangan ikkinchi nashr) 10 ta bobdan iborat bo‘lib, ularda O‘rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari keng yoritilgan. Ikkinchi kitobda (qayta tayyorlangan uchinchi nashr) tariximizning XVI asr va XIX asrning birinchi…
-
XTV: maktablarga ishga qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov koronavirusga qarshi kurashish shtabida bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda sohaga oid savollarga javob berdi Joriy yilning aprel oyidan direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladigan to‘lovlar to‘xtatildi. Lekin endilikda daftar tekshirish, sinf rahbarligi uchun ham pul to‘lanmaydi deyishdi. Shu ma’lumotga aniqlik kiritib bersangiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi 232-son qaroriga asosan 2020 yil 16 apreldan boshlab 1 oktyabrga qadar umumta’lim muassasalarida faqat direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib kelgan barcha to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatiladi. Bunda direktor jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilmaydigan, jumladan, toifalar bo‘yicha bazaviy tarif stavkalar, chet tili o‘qituvchilari uchun ustama, daftar tekshirish va informatika kabineti mudirligi (mehnat ta’tilidan tashqari bo‘lgan yozgi o‘quv ta’tili…
-
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun yangi modda bilan to‘ldirilmoqda
Unda pedagogik xodimlarning kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasida ekanligini, shuningdek, pedagogik xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga hamda xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligini belgilash nazarda tutilmoqda. Parlament quyi palatasida o‘tkazilgan navbatdagi majlisda deputatlar ta’lim-tarbiya sohasiga taalluqli qonun loyihasini ham muhokama qildilar. Ta’kidlab o‘tilganidek, ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi mazkur hujjatni ikkinchi o‘qishga tayyorlashda siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar, shu bilan birga, soha, mutaxassislari, olimlar fikrlari, takliflari o‘rganildi. Ushbu qonun loyihasi bilan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida javobgarlik nazarda tutilmoqda. Xususan, mazkur moddaning birinchi qismida jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan…