-
XTV mahalliy hokimiyat vakillaridan o‘qituvchilarni xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etmaslikni talab qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarga tomorqa ishlarini yuklatilayotganligiga oid ma’lumot e’lon qilindi. 2018 yil 14 avgustda prezidentning “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan, deb yozmoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati. Qarorga ko‘ra, xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi. Mazkur qarorga asosan o‘qituvchilarni aholining tomorqa ishlarini nazorat etishga jalb etish ham noqonuniy ekani eslatib o‘tildi. “Ayni paytda 2019-2020 o‘quv yilining 4-choragi davom etmoqda. O‘qituvchilarning asosiy vazifasi o‘quvchilarga videodarslar yordamida puxta bilim…
-
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Telegram kanalida (@shshermatov) propiska rejimi haqida fikr bildirdi.
«6 mingdan ortiq pedagog xodimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskadan o‘ta olmay yillar davomida qiynalib kelishardi. Ushbu Farmon ularning oilalariga xursandchilik olib kelishi aniq. To‘g‘risi, o‘zim Toshkentda tug‘ilib o‘sganim uchun propiska degan masalaga avval unchalik e’tibor qilmasdim. Lekin, Xalq ta’limi vazirligiga o‘tgandan keyin propiska bo‘yicha yuzlab murojaatlarni ko‘rib, biroq rahbar sifatida ularga yordam bera olmaslikni boshdan o‘tkazgandan keyin, bu masala ushbu soha xodimlari uchun qanchalik zarur ekanini his qilishga to‘g‘ri kelgan edi. Maktablardagi oyliklar yillar davomida past bo‘lgani sababli toshkentliklar orasida maktabga ishga kirib ishlashni xohlovchilar ham unchalik ko‘p bo‘lmagan. Bunday sharoitda ishlash uchun esa ko‘pgina maktablar boshqa hududlardan kelgan xodimlarnigina ishga taklif qila olgan. Lekin, shu og‘ir mehnatiga…


