Mahalliy

G’uzor tumanidagi maktablarning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga seminar-trening. (Coursera – bu global onlayn ta’lim platformasi)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyuldagi 12/1-2190-sonli topshirig‘iga muvofiq 2023-2025-yillarda «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali Coursera platformasining bepul va professional kurslarida o‘quvchi-yoshlarni o‘qitish, shu bilan birgalikda, o‘quvchi yoshlar va o‘qituvchilarimizni ushbu o‘quv kurslaridan xabardor qilish maqsadida Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan G’uzor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 2023-yil 12-iyul kuni G’uzor tumanidagi maktablarning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening ishtirokchilariga Google Sheets jadvallari bilan ishlash to‘g‘risida ham tushunchalar berib o‘tildi.

Skip to content