Mahalliy

HALQARO HAMKORLIK 🔻G’uzorlik ustoz Janubiy Koreyada  malaka oshirdi.

HALQARO HAMKORLIK
🔻G’uzorlik ustoz Janubiy Koreyada  malaka oshirdi.
✅ Janubiy Koreya Respublikasi Seul taʼlim departamenti bilan hamkorlikda xalqaro tajribani oʻrganish, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan «KLIC Training Program» loyihasida har bir hududda yuqori ball bilan toifa sertifikatiga ega boʻlgan Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilaridan 14 nafar oʻqituvchi va 1 nafar kordinator jami 15 nafar ustozlar qatnashdi.
⚡️Ular Koreyada 10 kun davomida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashib, Koreyaning umumtaʼlim maktablari faoliyati va taʼlim  jarayonlarini o‘rganib qaytishdi
✅ Qashqadaryo viloyatidan vakil sifatida G’uzor tumanidagi U.Uvatov nomli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi oliy toifali informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi Mavlonov Azamat Abdurahmonovich tanlangan bo’lib, joriy yilning 20-mayidan 30-mayigacha malaka oshirishi rejalashtirilgan edi. G’uzor tuman MMTB matbuot xizmati    https://t.me/guzar_mmtb

Skip to content