
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i tomonidan bir guruh ingliz tili o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv
Viloyatdagi chet tili ustozlarining til bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlari salmog’i sezilarli darajada oshmoqda
🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori doirasida viloyatdagi chet tili ustozlarining xalqaro va milliy sertifikatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari ortib bormoqda.
🌐Kuni kecha, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bir guruh ingliz tili o‘qituvchilari ishtirokida Cambridge Assessment English tashkilotining xalqaro TKT imtihoni sertifikatlarini topshirish marosimi tashkil etildi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripov qatnashib, o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Keyingi yillarda o‘qituvchi-padagoglar uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar va imtiyozlar, istiqboldagi reja hamda maqsadlar haqida alohida suhbat olib borildi.

