QASHQADARYO YANGI O’QUV YILI UCHUN KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ORTILGAN KARVON UMUMTA’LIM MAKTABLARI BO‘YLAB YO‘L OLDI
🔹Umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish – ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yildan boshlab umumta’lim maktablarini Kompyuter texnikasi bilan ta’minlash belgilangan.



